AsosiyJamiyat

O`zbekiston Dushanbeda suv muammolarini muhokama qilishda qatnashadi

2014 yil 11-12 noyabr kunlari Dushanbe shahrida “Muzliklar erishining Markaziy Osiyodagi milliy va transchegaraviy suv resurslarining holatiga ta`siri” mavzusida xalqaro seminar bo`lib o`tadi.
Ushbu ikki kunlik tadbir BMTning Markaziy Osiyo uchun Preventiv Diplomatiya bo`yicha Mintaqaviy Markazi, Orolni qutqarish Xalqaro fondining Ijrochi qo`mitasi, YuNESKOning Mintaqaviy Ofisi, Jahon banki bilan hamkorlikda AQSh hukumati ko`magida tashkil etilmoqda, deya xabar beradi “12news” nashri.
Seminar doirasida 2013 yilgi seminar natijalari bo`yicha qabul qilingan tavsiyalarni amalga oshirishning borishi muhokama qilinadi, shuningdek iqlim o`zgarishiga moslashish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni kuchaytirish hamda ta`lim va jamoatchilik bilan ishlash borasidagi o`zaro aloqalar sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish yo`llari to`g`risida o`zaro fikr almashiladi.
Seminar ishida Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston) va Afg`onistonning tegishli idoralari, BMT tuzilmalari va turli mintaqaviy tashkilotlar  vakillari hamda xalqaro ekspertlar qatnashadi.

    Boshqa yangiliklar