1

O`zbekiston bozorlarida mol va tovuq go`shti qimmatlashdi(mi?)

Iqtisodiyot 18.02.2019, 19:31
O`zbekiston bozorlarida mol va tovuq go`shti qimmatlashdi(mi?)

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o`rganishni davom etadi.

O`zA mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2019 yil 17 fevral holatidagi narxlarni e`lon qildi:

Mol go`shti

28 000 so`mdan 40 000 so`mgacha

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shti 28000 so`mdan 40000 so`mgacha bo`lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori, “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da kuzatildi. 1 kg. mol go`shtining narxi 28000 so`mdan 40000 so`mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Farg`ona markaziy bozorida – 36000 – 40000 so`m.

Qo`y go`shti

28 000 so`mdan 42 000 so`mgacha

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo`y go`shti 28000 – 40000 ming so`mgacha sotilmoqda.

Engarzon narx – 1 kg.qo`y go`shti narxi 28000 – 40000 so`m.

Eng qimmat narx Farg`ona markaziy bozori (Farg`ona viloyati)da, Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qo`ygo`shti34 000 – 42000 so`m.

Tovuq go`shti

14 000 so`mdan 20 000 so`mgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Eng qimmat narx Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Farg`ona markaziy bozorida - 18000 – 20 000 so`m

Eng arzon narx “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozor (Navoiy viloyati), Urganch shahar Markaziy dehqon bozori, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida – 14000 so`m

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go`shtini o`rtacha 17000 so`mdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 500 so`mdan 13 000 so`mgacha

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

O`tgan haftadagi narxlar saqlanib qolgan.

Bu haftada ba`zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashgani kuzatildi.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) – 5000 – 13000 so`m.

Eng arzon Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 3500 – 12000 so`m

O`simlik yog`i

8 000 so`mdan 12 500 so`mgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Eng arzon "Farhod" dehqon bozori (Toshkent shahri) – 8000 – 11500 so`m.

Eng qimmat narxlar "Mirobod" dehqon bozori va Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 12500 so`mgacha.

Un

1 500 so`mdan 3 500 so`mgacha

1_1.jpg

Unning narxi ba`zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da– 1 kg. 1-navli un 1500 so`mdan 2000 so`mgacha.

Eng qimmat narx narxlar Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati), Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozorida – 3000 – 3500 so`m.

Shakar

4 200 so`mdan 5 500 so`mgacha

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

Eng qimmat narx Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida, Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg`ona markaziy bozori (Farg`ona viloyati)da – 5000-5500 so`m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkentshahri)da – 4200 – 4500 so`m.

Tuxum

400 so`mdan 650 so`mgacha

eggs_1.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o`rtacha 450-650 so`mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 so`mdan 3 000 so`mgacha

kartoshka.jpg

Kartoshkaning narxi ba`zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx"Mirobod" dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1200 so`mdan 2500 so`mgacha.

Eng qimmat narx"Mirobod" dehqon bozori (Toshkent shahri)dabozorida 1 kg. kartoshka 3000 so`mgacha.

Pomidor

5 000 so`mdan 18 000 so`mgacha

bez_nazvaniya.jpg

Eng arzon narx Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da, “Sahovat” MChJga qarashli markaziy bozori (Navoiy viloyati),Farxod dehqon bozori (Toshkent shahri)da– 5000 so`mdan 10 000 so`mgacha.

Eng qimmat narx Andijon viloyati Yangi shahar dehqon bozorida – 10 000 – 18000 so`mgacha.

Xo`jalik sovuni

1500 so`mdan 3500 so`mgacha

pic180806095050264.jpg

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg`ona markaziy bozori (Farg`ona viloyati)da, Namangan shahri "Sardoba" dehqon bozori – 1 500 so`mdan 2500 so`mgacha.

Eng qimmat narx Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori– 1500 – 3500 so`mgacha.


Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo`jalik sovunini 3000 so`mdan xarid qilish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1