1

​Taniqli modeler Karl Lagerfeld vafot etdi

Shou-biznes 19.02.2019, 19:41
​Taniqli modeler Karl Lagerfeld vafot etdi

Jahon modasi afsonasi Karl Lagerfeld 86 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi Meduza.

So`nggi kunlarda modelerning ahvoli og`irlashib, u Parijdagi shifoxonaga tushib qolgan edi. Uning o`limining aniq sababi aytilmayapti.

Karl Lagerfeld 1933-yilda Gamburg shahrida tug`ilgan. 1950 yilda u Parij shahriga borib, Chloe, Jean Patou va Fendi moda uylari bilan hamkorlik qila boshlagan.

1983 yilda Chanel modalar uyining ijodiy direktori etib tayinlangan va umrining so`nggiga qadar ushbu brend bilan hamkorlik qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1