1

GTL zavodi maydonchasiga asosiy texnologik uskunalar olib borilmoqda

Iqtisodiyot 25.02.2019, 11:44
GTL zavodi maydonchasiga asosiy texnologik uskunalar olib borilmoqda

Mamlakatimizda yuqori qo`shimcha qiymatli mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida energiya manbalarini diversifikasiya qilish, neft va gazga chuqurlashtirilgan ishlov berish bo`yicha izchil ishlar olib borilmoqda.GTL loyihasi esa bunga misoldir.

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ayni paytda vazni350 va 550 tonna bo`lgan ikkita yirik texnologik uskuna O`zbekiston hududida harakatlanmoqda. U mart oyida Qashqadaryo viloyatidagi sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish bo`yicha zavodning qurilish maydonchasiga etkaziladi.

Hozir asosiy yirik o`lchamli texnologik uskunalar turkumiQoraqalpog`istondan Qashqadaryo viloyatiga olib kelinmoqda. Shu paytgacha bir necha mamlakat orqali Koreya Respublikasidan asosiy dengiz yo`llari va logistik marshrutlar orqali O`zbekistongacha bir necha ming kilometr yo`l bosib o`tildi.

O`zbekistonda barpo etilayotgan GTL zavodi uchun dunyoning 24 mamlakatidagi 129 ta zavodda jami 11 mingdan ziyod texnologik uskunalar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda qurilish maydonchasiga yuqori texnologik va yirik o`lchamli uskunalar etkazib berish amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda116 ta to`plamdan ziyod yuqori texnologik uskunalar qurilish maydonchasiga etkazilgan bo`lib, u erda ularni montaj qilish va o`rnatish ishlari boshlangan.153 ta to`plam ishlab chiqaruvchi zavodlardanyuklab, qurilish maydonchasiga jo`natilgan va ular O`zbekistonga olib kelinmoqda.

Mazkur zavod har yili 1,5 million tonnadan ortiq yuqori sifatli, EVRO 5 standartiga mos bo`lgan sintetik suyuq yoqilg`i, shu jumladan, 743,5 mingtonna dizel yoqilg`isi, 311 tonna avia kerosin, 431 ming tonnadan ortiq nafta, 50 ming tonnadan ortiq suyultirilgan gazishlab chiqaradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1