AsosiySport

O`zbekiston 2030 yilgi Osiyo o`yinlari mezbonligi bo`yicha loyiha taqdimotini tayyorlashga kirishdi

'O`zbekiston 2030 yilgi Osiyo o`yinlari mezbonligi bo`yicha loyiha taqdimotini tayyorlashga kirishdi'ning rasmi

Shu kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizda mehmon bo`lib turibdi. Unga tashrif davomida Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti, OOK Osiyo o`yinlari departamenti direktori Haydar Farmon va OOK kotibi Lyusen Alvarez hamrohlik qilmoqda.

Bugun Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o`tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G`ofur Rahimov ham ishtirok etdi.

Unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo o`yinlarini O`zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o`tkazish masalalarini muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda MOQ.

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o`yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.


    Boshqa yangiliklar