Bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda PEPSI Superligasi yangi mavsumiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`FA xabar berdi.
Avvalroq, Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etshishi xabar qilingandi. O`zbekiston futbol assosiasiyasi Lisenziyalash qo`mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo`llanmasini taqdim etgan.
Qur`aga ko`ra PEPSI Superligasi birinchi turida quyidagi juftliklar o`zaro bahs olib boradigan bo`lishdi:
PEPSI Superligasi, 1-tur
"Surxon" - "Metallurg"
"Dinamo" - "Nasaf"
"So`g`diyona" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Lokomotiv"
"Navbahor" - "Qo`qon-1912"
"Andijon" - "Qizilqum"
AGMK - "Buxoro"
Eslatib o`tamiz, 1-tur uchrashuvlar 8 mart kuni boshlanadi.






