AsosiySavol-javob

​"Pensiya yoshiga to`lishim bilan ishdan bo`shatishdi..."

'​"Pensiya yoshiga to`lishim bilan ishdan bo`shatishdi..."'ning rasmi

— Pensiya yoshiga to`lganim sabab, 30 noyabrda ishdan bo`shatishdi. Bundan noroziman, chunki ish beruvchi tomo­nidan mehnat huquqlarim paymol qilindi. Qaysi sudga murojaat qilsam bo`ladi?

X.Fozilov, Samarqand viloyati, Tayloq tumani

Savolga Sherzod RAJABOV, Fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisi javob berdi:

— Mehnat kodeksining 270-moddasi talabiga ko`ra, ishga tiklash haqidagi nizo bo`yicha ariza xodimga u bi­lan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab, bir oy mud­dat ichida bevosita sudga beriladi.

Fuqarolik prosessual kodeksining 33-moddasi talabiga ko`ra, ishga tiklash haqidagi da`vo ariza bilan yuqorida qayd etilgan muddat ichida o`zingiz ishlagan tashkilot joylashgan joydagi fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo (tuman, shahar) sudiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar