1

Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini e`lon qildi

Iqtisodiyot 27.02.2019, 10:16
Markaziy bank oltin va kumush tangalarning yangi narxlarini e`lon qildi

Markaziy bank esdalik tangalarning 2019 yil 27 fevraldan amalda bo`ladigan narxlarini belgiladi.

Unga ko`ra:

1 ta oltin tanga narxi – 13 900 000 so`m;

1 ta kumush tanga narxi – 266 000 so`mni tashkil etdi.

Esdalik tangalarning har birini og`irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o`tamiz, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo`yilgan. Ularning asillik darajasi 999,9 hamda og`irligi 31,1 grammdan iborat. 2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish yo`lga qo`yildi.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1