Aytish lozimki, Dolce&Gabbana pardoz anjomlari, atirlar ishlab chiqarish bo`yicha dunyoning eng ilg`or kompaniyalaridan biri sanaladi.
Italiyatlik Domeniko Dolche va Stefano Gabbanalar tandemi Gollivud, Bollivud aktyor va aktrisalarining eng xurmatli dizaynerlaridan biridir.
Ayni kunlarda ular tomonidan taqdim etilayotgan yangi ko`rinish va isdagi The One va The One for Men Collector’s Edition atirlari yaqin kunlar ichida dunyo bozorlariga chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Elli.ru nashri xabar beradi. E`tiborli jihati shundaki, ushbu atirlarning soni chegaralangan.





