Kecha dunyoning bir qator mamlakatlarida terma jamoalar ishtirokida o`rtoqlik o`yinlari bo`lib o`tdi.
Jumladan, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqargan uchrashuvda Braziliya terma jamoasi Turkiyani yirik 4:0 hisobida mag`lub etdi. Neymar dubl qayd etdi.
Argentina ham Xorvatiya ustidan g`alabaga erishdi. Messini penatidan kiritgan goli terma jamoasiga g`alaba keltirdi. Gus Xiddink boshqaruvidagi Gollandiya terma jamoasi esa yana mag`lubiyatga uchradi. Bu safar Meksikaga. Xiddin boshqaruvida Gollandiya 5ta o`yindan 4tasida mag`lub bo`lganini ham alohida ta`kidlash kerak.
Qolgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing.
O`rtoqlik o`yinlari
Tursiya – Braziliya 0:4 (0:3, 0:1)
Norvegiya – Estoniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 24 Vasilev.
Gollandiya – Meksika 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 8 Vela, 1:1 – 49 Sneyder, 1:2 – 62 Vela, 1:3 – 69 Ernandes, 2:3 – 74 Blind.
Belgiya – Islandiya 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 11 Lomberts, 1:1 – 13 Finnbogason, 2:1 – 62 Oriji, 3:1 – 73 Lukaku.
Argentina – Xorvatiya 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 11 Sharbini, 1:1 – 49 Ansaldi, 2:1 – 57, penalti Messi.
Manba: www.uff.uz





