Bir muddat ilgari San-Pauludagi Albert Eynshteyn nomli shifoxonaga yotqizilgan 3 karra jahon chempioni Pele ayni vaqtga kelib o`zini ancha yaxshi his qilyapti. Bugunning o`zidayoq futbol afsonasiga javob berilishi mumkin.
"U bir qancha tekshiruvlardan o`tdi, hammasi joyida, xavotirga esa o`rin yo`q", - deya Pelening sobiq yordamchisi Xose Fornos Rodriges so`zlarini keltiradi sport-express.ru sayti Reutersga tayanib.
Eslatib o`tamiz, avvalroq afsonaviy futbol yulduzi oshqozonidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizilgandi.





