AsosiyDunyo

Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining 69-qavati devoriga qisilib qolgan oyna yuvuvchilar qutqarib olindi

Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi −1 binosi 69-qavati devorining tashqi tarafiga qisilib qolgan ikki nafar oyna yuvuvchi qutqarib olindi, deya xabar bermoqda Euronews deb yozadi daryo.uz.

Ko`tarish moslamasi arqonlaridan biri uzilib, deyarli 80 gradusli burchakka qayrilib qolgan. Ishchilar moslamaning ichida bir soat davomida saqlanishga muvaffaq bo`lgan − qutqaruvchilar 69-qavatga chiqib, qalin oynani kesib, ularni bino ichkarisiga olguncha aynan shuncha vaqt ketgan.

2001 yil 11 sentyabrda portlatilgan egizak binolar o`rniga qurilgan Jahon savdo markazi − 1 binosi 541 metr balandlikka ega bo`lib, bu borada G`arbiy yarimsharda birinchi, dunyoda esa uchinchi o`rinda turadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar