AsosiyDunyo

Yaponiyada V asrga oid maqbaradan Rim imperiyasida yasalgan idish topildi

Yaponiyaning Nara prefekturasidan topilgan V asrga oid maqbaradan chiqqan shisha likopcha I−IV asrlarda Rim imperiyasi joylashgan hududlardan topilgan shunday idishlar bilan bir xilligi aniqlandi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Shuningdek, Tokio tabiiy fanlar instituti olimlari o`tkazgan rentgen tahlili natijasida 221-651 yillarda hukm surgan Eronning Sosoniylar sulolasi shoh saroyidan topilgan idishlar bilan aynan o`xshash idish topilgani ham aniqlangan.

Institut xabarida aytilishicha, bu Yaponiya hududida topilgan Rim imperiyasidan keltirilgan buyumlarning ilmiy jihatdan isbotlangan ilk namunasidir.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar