AsosiyDunyo

Tataristonda 50 kishi bir qizni deb mushtlashdi

Tataristonda Yulduz qishlog`ida 50 kishi ishtirokidagi ommaviy mushtalashuv fakti bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi, deya xabar bermoqda TASS Tatariston prokurori katta yordamchisi Ruslan Galievga tayanib. Dastlabki versiyaga ko`ra, janjal bir qiz tufayli kelib chiqqan.

Mushtlashuv joyida 15 ta zarar ko`rgan avtomobil, yog`och tayoqlar, metall xivichlar topilgan.

Galiev so`zlariga ko`ra, janjaldan so`ng qishloqning uch nafar fuqarosi shifoxonaga tibbiy yordam so`rab murojaat qilgan, Chistopol tumani polisiyachilari «Bezorilik» moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`agan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar