Ispaniyada yangi aksilkorrupsiyaviy reyd doirasida 32 kishi qo`lga olindi, ularning ko`pchiligi siyosatchilar va davlat xizmatchilaridir. Bu haqda «Evropeyskaya Pravda» xabar bermoqda.
Amaldorlar pul «yuvishda», firibgarlikda va davlatdan buyurtma olmoqchi bo`lgan kompaniyalardan pora olganlikda gumon qilinmoqda.
Operasiya hali davom etmoqda, shuning uchun yangi hibslar ham kuzatilishi mumkin.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Ispaniyada mahalliy darajadagi 51 nafar amaldor poraxo`rlikda gumon qilinib hibsga olingani xabar berilgan edi. Ular hukumat vakolatlarini suiiste`mol qilib, so`nggi ikki yil ichida davlatga 250 million evro zarar keltirishda ayblanmoqda.





