Sharq oilasida erkakning o`rni aloshida, uyning ustuni sanaladi. Ammo bundan foydalanadigan erkaklar ham bor. Siz o`zingizni oilada qanday tutasiz? Oilangizning huzur-halovati sizni qiziqtiradimi? Mana bu savollarga javob berishga harakat qiling.
Savollar
1.O`z hayotingizni qaytadan ko`rib chiqsangiz, umringizni boshqatdan boshlashni xohlarmidingiz?
Ha-10 ball. Ba`zan-5 ball. Yo`q-2 ball.
2.Ayolingizning kiyinishini ko`rib, uni didi past deb o`ylaysizmi?
Ha-8 ball. Ba`zan-2 ball. Yo`q-4 ball.
3.Jahlingiz chiqsa oila azolaringizga baqirib hovurdan chiqadigan odatingiz bormi?
Ha-7 ball. Ba`zan-3 ball. Yo`q-5 ball.
4.Kechqurunlari doim uyda bo`lasizmi?
Ha-2 ball. Ba`zan-5 ball. Yo`q-10 ball.
5.Ayolingiz nimalarni yoqtirishi haqidagi tasavvurga egamisiz?
Ha-4 ball. Ba`zan-9 ball. Yo`q-10 ball.
6.Bo`ydoqlik yillaringizni tez-tez xotirlab turasizmi?
Ha-12 ball. Ba`zan-5 ball. Yo`q-6 ball.
7.Rafiqangiz bilan sayl ga tez-tez chiqib turasizmi?
Ha-7 ball. Ba`zan-5 ball. Yo`q-4 ball.
8.O`z xotiningizni boshqa ayollar bilan taqqoslash sizga yoqadimi?
Ha-9 ball. Ba`zan-2 ball. Yo`q-1 ball.
9.Mehmonga xotiningiz bilan birga borishni istaysizmi?
Ha-8 ball. Ba`zan-2 ball. Yo`q-3 ball.
Endi to`plagan ballarzni hisoblab ko`ring.
Agar 69 va undan ko`p ball to`plagan bo`lsangiz, Siz o`z oilangizda unchalik baxtli emassiz. Bu sizning xulqingiz bilan bog`liq. Oila a`zolaringizga, ayniqsa ayolingizga e`tiboringizni kuchaytiring, uni ham ayol, ham shaxs sifatida qadrlang, shunda siz ham izzat ko`rasiz. Balki har ikkingiz bir-biringizga bee`tibordirsiz. U holda ayolingiz bilan jiddiy gaplashib oling. Bir-biringizni tushunishga harakat qiling. Jiddiy suhbatning kechi yo`q.
40-68 ball to`pladingizmi, demak sizning oilangizdan ko`nglingiz to`q. Oiladagi shart-sharoit sizni qoniqtiradi. Shunga qaramasdan ba`zan yoshlik xotiralari xayolingizni olib qochadi, ammo bu birozgina xayolparast ekanligingizdan dalolat holos. Oilangizdagi hotirjamlik siz uchun eng katta baxt ekanini tushunishingiz lozim.
33 dan kam ball to`plasangiz, ba`zida ayolingiz bilan xarxasha qilib turasiz, biroq bu injiqlikdan nizolar kelib chiqmaydi. Siz baxtli insonsiz.