1

Moxora

SUG'DIYONA 14.11.2014, 15:33
Moxora

Bugungi kunda yurtimizdagi barcha milliy taomlarimiz tayyorlanuvchi ovqatlanish joylarida moxora, boshqacha qilib aytganda no`xat sho`rva tayyorlanadi. To`y marosimlari, bayram tadbirlarida ham albatta dasturxonga moxora tortiladi. Bugungi sahifamizda ushbu taomni tayyorlab ko`ramiz.

Kerakli mahsulotlar:

700 gr. no`xat
500 gr. go`sht
3 dona sabzi
3 ta kartoshka
3 ta piyoz
3 ta pomidor
2 dona qizil bulg`or qalampiri
ta`bga ko`ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi:

Go`shtni mayda bo`laklarga bo`lib, qizartirib qovuriladi, so`ng halqa qilib to`g`ralgan piyoz, pomidor va to`rtburchak shaklida to`g`ralgan sabzini va bulg`orini solib qovurib, suv quyiladi. 7-8 soat iliq suvda ivitilgan no`xatni sho`rvaga solinib, 40-50 qaynatiladi. Keyin to`rtburchak shaklida to`g`ralgan kartoshka solib pishgunga qadar qaynatiladi. Ziravorlarni xohlang suviga tashlash, xohlang qovurish jarayonida soling, bu sizning ixtiyoringizda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1