“Real Madrid”ning avvalgi mavqeini tiklash uchun Zidan klubdan transferlar uchun katta miqdorda pul ajratishini so`ragan, deb xabar bermoqda Independent.
Unga ko`ra, “qirollik klubi”ga yozda yangi yulduzlar jalb etiladi. Bu uchun fransuz mutaxassisi ixtiyoriga 300 million funt sterling miqdoridagi mablag` ajratiladi. Hozircha jamoaga taklif etilishi mumkin bo`lgan asosiy nomzodlar Kilian Mbappe, Eden Azar hamda Kristian Eriksen bo`lib turibdi.
Poytaxtliklar ushbu transferlarga yo`naltirilgan pulning o`rnini to`ldirish uchun Garet Beyl hamda Luka Modrichni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.






