Xokkey bo`yicha O`zbekiston chempionati doirasidan o`rin olgan bellashuvlar bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbeikston milliy olimpiya qo`mitasi rasmiy saytida xabar qilinmoqda.
Ushbu bahslarda qayd etilgan natijalar turnir jadvalidagi intrigani maqsimal darajada qizdirib bermqoqda. Bu turda “Binokor” peshqadam “Humo”ni 6:3 hisobida, “Toshkent” esa “Semurg`”ni 3:2 hisobida dog`da qoldirdi.
Ta`kidlash joiz, poytayxtimizga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurgan Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Milosh Rjiga mazkur turda shaybani ramziy o`yinga kiritib berish jarayonida ishtirok etdi.
Turnir jadvalida “Humo”, “Binokor”, “Toshkent” va “Semurg`” jamoalari ayni shu ketma-ketlikda joy olishgan. E`tiborlisi, endilikda har bir klub o`rtasidagi farq atigi 1 ochkoni tashkil qilmoqda.
Keyingi tur uchrashuvlarida “Humo” – “Semurg`”, “Binokor” – “Toshkent” jamoalari kuch sinashadi.
Xokkey. O`zbekiston chempionati, 12-tur
«Humo» (Toshkent) – «Binokor» (Toshkent) – 3:6 (1:1, 0:3, 2:2)
«Toshkent» (Toshkent) – «Semurg`» (Toshkent) – 3:2 (:0, 0:1, 2:1)






