“Titanik” kemasi hamda uning falokati haqidagi filmni barchamiz sevib tomosha qilamiz. Bu kema o`tgan asrning eng yirik kemasi edi. Xo`sh, bizning asrimizdagi kemalar qanday? Ularning ko`rinishichi? Quyidagi rasmlarda XXI asr “Titanik”lari bilan tanishishingiz mumkin.
1. Ro`yxatning birinchi qatoridan Royal Caribbean kompaniyasiga tegishli ikki sayohat layneri o`rin olgan: Oasis of the Seas va Allure of the Seas. Ular 2009 va 2010 yillarda bunyod etilgan bo`lib, uzunligi 362 metr, 6296 yo`lovchini sig`dira oladi.

2. Ikkinchi o`rinda Norwegian Epic kompaniyasining Norwegian Cruise Line (NCL) kemasi. 2010 yili bunyod etilgan, 329 metr uzunlkka ega. 5183 yo`lovchini o`z bag`riga sig`dira oladi.

3. Uchinchi o`rinda Royal Caribbeanning yana bir mahsuloti Quantum of the Seas. 2014 yili qurilgan. 4905 yo`lovchini sig`diradi.

4. To`rtinchi qatordan Royal Caribbeanning Freedom of the Seas, Independence of the Seas va Liberty of the Seas kemalar o`rin olgan.

5. Beshinchi o`rinda 2004 yili qurilgan, uzunligi 345 metr bo`lgan hamda 3090 yo`lovchini sig`dira oladigan Cunard kompaniyasining Queen Mary 2 kemasi.

6. Oltinchi qatorda Norwegian Breakaway kompaniyasining 2013 yilda bunyod etilgan 324 metrlik 3988 yo`lovchini bag`riga oladigan Norwegian Cruise Line (NCL) kemasi.






