1

O`zbek milliy filmlari xalqaro maydonda taqdim qilinmokda

Madaniyat 20.03.2019, 18:07
O`zbek milliy filmlari xalqaro maydonda taqdim qilinmokda

“O`zbekkino” milliy agentligining xabar berishicha, Respublika kinoprokat markazi shu yilning 18 mart kuni Xitoyning Gonkong shahrida boshlangan 23-Xalqaro “FILMART” kino va televizion filmlar kinobozorida ishtirok etish orkali ilk marotaba o`zbek milliy filmlarini xalqaro maydonda taqdim qilmokda.

Mazkur yirik tadbirning ikkinchi ish kunidan olingan ma`lumotlarga kura, dunyoning 40 ga yakin davlatlaridan ishtirok etayotgan 850 taga yakin kompaniyalar, distribyuterlar va xaridorlar qatorida mamlakatimiz vakillari ham o`z mahsulotlarini xalqaro kinoprokatga chiqarish, chet el telekanallariga sotish va yurtimizda xamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari bo`yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o`tkazib, shartnomalar imzolagani to`g`risida ma`lumotlar berildi.

Jumladan, Gonkongnning “DIGITAL CONTENT So., LLC” hamda AQShning “ALL RIGHTS ENTERTAINMENT” distribyuterlik kompaniyalari bundan buyono`zbek milliy filmlarini barcha xalqaro kinobozorlarda targ`ib kilish va ularni sotishda Respublika kinoprokat markazi bilan hamkorlik kilishi kelishilgan.

Bundan tashqari, Singapurning “BOMANBRIDGE” kompaniyasi kinobozorga olib borilgan “O`zbekiston – Islom sivilizasiyasi markazi”, “Xojai jahon Abduxoliq G`ijduvoniy”, “Qadimiy Buxoro”, “Xoja Bahovuddin Naqshband” kabi hujjatli filmlarni janubiy-sharqiy Osiyodagi musulmon aholiga ega mamlakatlarda Ramazon oyi arafasida telekanallarda keng namoyish kilish uchun xarid kilish taklifi bilan chiqqan.

Shuningdek, Fransiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Malayziya, Indoneziya va Tayvan kabi boshqa ko`plab mamlakatlar kinokompaniyalari O`zbekistonda filmlar suratga olishga qiziqish bildirib, mavjud kinoloyihalarni mamlakatimizda birgalikda amalga oshirish bo`yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

E`tiborlisi shundaki, ushbu kinobozorda ishtirok etishini tashkil etishishlariga konsultant sifatida jalb etilgan Italiyaning “RIA” televideniesi vakili hamda ko`plab xalqaro kinofestivallar va kinobozorlar tashkilotchisi, tajribali mutaxassis Karlo Antonio Jentayl Respublika kinoprokat markaziga yaqindan ko`maklashmokda.

Kinobozor o`z ishini davom ettirmoqda.Erishilgan kelishuvlar to`g`risida ma`lumotlar berib boriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1