Coca Cola Superliganing joriy yilgi mavsumi uchun klublar jami 34 nafar xorijlik futbolchini ro`yxatdan o`tkazdi.
O`zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, bu mavsumda “Bunyodkor”, “Dinamo” hamda “Nasaf” kabi klublari legionerlar xizmatidan foydalanmaslikni ma`qul ko`rishdi. Legionerlar uchun ajratilgan 4+1 limitdan to`liq foydalangan yagona klub esa Namanganning “Navbahor” jamoasi bo`ldi.
Yana bir diqqatga sazovor jihat shundaki, mamlakat chempionatida to`p surayotgan xorijlik futbolchilarning 15 nafari Serbiya fuqarolaridir.
Bu borada to`liq ro`yxat bilan tanishing:
AGMK - 2 nafar legioner
Marko Zochevich - Serbiya - yarim himoyachi
Mirolyub Kostich - Serbiya - yarim himoyachi
“ANDIJON” - 3 nafar legioner
Vitaliy Mirniy - Ukraina - darvozabon
Radosav Aleksich - Serbiya - himoyachi
Ahliddin Isroilov - Qirg`iziston - yarim himoyachi
“BUNYoDKOR” - legioner yo`q
“BUXORO” - 3 nafar legioner
Artem Kulesha - Rossiya - himoyachi
Volodimir Baenko - Ukraina - himoyachi
Ivan Fatich - Chernogoriya - himoyachi
“DINAMO” - legioner yo`q
“LOKOMOTIV” – 4 nafar legioner
Arslonmurod Omonov - Turkmaniston - yarim himoyachi
Yovan Jokich - Serbiya - yarim himoyachi
Igor Yelich - Serbiya - yarim himoyachi
Filip Raevas - Serbiya - yarim himoyachi
“METALLURG” – 2 nafar legioner
Andrey Shipilov - Rossiya - himoyachi
Sergey Tumasyan - Rossiya - yarim himoyachi
“NAVBAHOR” – 5 nafar legioner
Igor Golban - Rossiya - himoyachi
Slavko Lukich - Serbiya - Himoyachi
Ivan Solovev - Rossiya - yarim himoyachi
Elman Tagaev - Turkmaniston - yarim himoyachi
Aleksandr Kasyan - Rossiya - hujumchi
“NASAF” - Legioner yo`q
“PAXTAKOR” – 2 nafar legioner
Marko Simich - Chernogoriya - himoyachi
Dragan Cheran - Serbiya - yarim himoyachi
“SURXON” -2 nafar legioner
Vladimir Bubanya - Serbiya - himoyachi
Darko Stanoevich - Serbiya - himoyachi
“SO`G`DIYoNA” – 4 nafar legioner
Milan Mitrovich - Serbiya - darvozabon
Kaxi Maxaradze - Gruziya - himoyachi
Sherzot Shakirov - Qirg`iziston - himoyachi
Nikola Milinkovich - Serbiya - yarim himoyachi
“QIZILQUM” – 3 nafar legioner
Evgeniy Cheremisin - Rossiya - darvozabon
Ariagner Smit Medina - Nikaragua - hujumchi
Elguja Grigalashvili - Gruziya - hujumchi
“QO`QON-1912” – 4 nafar legioner
Boyan Knejevich - Serbiya - darvozabon
Marko Milich - Serbiya - himoyachi
Milosh Nikolich - Serbiya - himoyachi
Olive Bonn - Fransiya - yarim himoyachi.
20.03.2019 14:36
Bu yilgi Superligada necha nafar xorijlik futbolchi to`p surishini bilasizmi?






