Shu kunlarda BAAning Abu-Dabi shahrida aqliy rivojlanishi sust bo`lgan insonlar o`rtasida Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya o`yinlari bo`lib o`tmoqda.
Mazkur turnirda O`zbekiston delegasiya ham muvaffaqiyatli ishtirok etayapti. Kechagi bellashuvlarda terma jamoamizning quyidagi sportchilari shohsupaga ko`tarildi:
Dmitriy Nesterenko (suzish) – oltin,
Dmitriy Korshunov (engil atletika) – oltin,
Mariya Loginova (badminton) – kumush,
Valeriy Novichkov (engil atletika) – bronza.
Ta`kidlash joiz, vakillarimiz Butunjahon maxsus yozgi Olimpiya o`yinlarida ayni paytgacha 9ta oltin, 6ta kumush va 12ta bronza medallarini jamg`argan. Jami 23 nafar atletdan iborat O`zbekiston delegasiyasi sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, dzyudo, suzish, badminton, stol tennisi, engil atletika kabi sport turlarida o`z omadini sinab ko`rmoqda. Musobaqalar ertaga yakunlanadi.






