1

Navro`z sadolari V Xalqaro festivali tashkil etiladi

Madaniyat 22.03.2019, 19:50
Navro`z sadolari V Xalqaro festivali tashkil etiladi

Shu yil 23-25 mart kunlari O`zbekiston davlat konservatoriyasida Navro`z sadolari milliy cholg`ular ko`p ovozli ansambl va orkestrlari V Xalqaro festivali bo`lib o`tadi. Festival o`zbek musiqa madaniyatini yuksak darajaga ko`tarish, iqtidorli yoshlarni kashf etish va ular ijodini targ`ib etish maqsadida tashkil etilmoqda. Bu haqda O`zA rasmiy satida xabar berildi.

Festival O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori ijrosi ta`minlash maqsadida o`tkaziladi.

Festival ikki guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha maktabgacha ta`lim muassasalarining tarbiyalanuvchilar va 7 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalar, san`at maktablari o`quvchilari o`rtasida o`tkaziladi.

Unda O`zbekistonning barcha hududlaridagi maktab va maktabgacha ta`lim muassasalarining eng iqtidorli yosh ijodkorlari ishtirok etadi.

Tojikiston, Qirg`iziston va Qozog`iston Respublikalaridan iqtidorli yoshlar ham taklif etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1