AsosiySport

Poytaxtimizda Toshkent I xalqaro yarim marafoni o`tkaziladi

'Poytaxtimizda Toshkent I xalqaro yarim marafoni o`tkaziladi'ning rasmi

Musobaqalar 5 va 21 kilometr masofaga o`tkaziladi. Ma`lumki, marafon poygasining umumiy uzunligi 42 kilomertu 195 metrni tashkil qiladi. Biroq, ayni paytda poytaxtimizda marafon musobaqasini o`tkazish uchun xalqaro talablarga javob beradigan yo`l yoki trassa mavjud emas. Shu sababli Toshkentdagi musobaqa yarim marafon shaklida tashkil etilmoqda.

O`zAning xabar qilishicha, dasturga muvofiq, ertaga tonggi soat 7.00dan boshlab ishtirokchilar poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi oldida to`planishni boshlaydi. Soat 8.15da esa qatnashchilar start zonasiga yig`ilishadi. Toshkent I xalqaro yarim marafoni esa soat 8.40da tantanali ochiladi.

    Boshqa yangiliklar