1

O`zbekiston va Hindiston o`rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi

Madaniyat 27.03.2019, 18:06
O`zbekiston va Hindiston o`rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi

Joriy yilning 26 mart kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda O`zbekiston respublikasi va Hindiston o`rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbir o`tkazildi, deb xabar berdi “O`zbekkino” Milliy agentligi rasmiy sayti.

Tadbir davomida hind kinolari namoyishi ham bo`lib o`tdi. Tadbirda“O`zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov, Hindistonning O`zbekistondagi favqulodda va muxtorelchisi Vinot Kumar, O`zbekistonning Hindiston milliy madaniy markazi raisi Shekxar Chander, Shanxay Hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi direktori Rahmatilla Nazarov va boshqalar ishtirok etdilar.

Hind badiiy filmlari namoyishi barcha kinoijodkorlar va kino muxlislarini mamnun etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1