AsosiyShou-biznes

Yulduz Usmonova konserti haqida soxta ma`lumot berib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi

Taniqli qo`shiqchi Yulduz Usmonova go`yoki 29−30 dekabr kunlari Toshkentdagi «Florensiya» restoranida konsert berishi haqida soxta ma`lumot tarqatib, chipta sotishga urinilayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Sayyod.com.

Qayd etilishicha, 167-90-91 telefon raqami orqali Lola ismli ayol chipta sotmoqda. Go`yoki birinchi kungi konsertga chiptalar 350 ming so`mdan sotib bo`lingani aytilgan. Sayyod.com vakillari ko`rsatilgan raqamga qo`ng`iroq qilib ko`rganda, firibgarlar ularga ham shoshilinch tarzda sotib olish zarurligi, aks holda chiptalar qolmasligini aytgan.

Sayt xodimlari Yulduz Usmonova bilan uchrashib, bu xabarni aytganda xonanda hayratga tushgan. Qo`shiqchining ma`muri ham konsert haqida hammasi yolg`onligini aytib, odamlarni ehtiyot bo`lishga chorlagan. Qiziqarlisi, firibgarlarga Yulduz Usmonovaning ma`muri qo`ng`iroq qilganda, unga ham chipta sotishga urinishgan.

    Boshqa yangiliklar