1

O`zbekistonda “Yapon kinosi kunlari” o`tkaziladi

Madaniyat 28.03.2019, 11:50
O`zbekistonda “Yapon kinosi kunlari” o`tkaziladi

Bugungi kunda O`zbekiston va boshqa davlatlar o`rtasida ko`plab sohalar qatori an`anaviy madaniy hamkorlik hamfaol rivojlanib bormoqda, deb xabar berdi “O`zbekkino” milliy agentligi.

O`zbekistondao`tkazib kelinayotgan ko`plab xorij davlatlari kinosi kunlari buning yorqin tasdig`i.Bu kabi tadbirlarning davomi sifatida“O`zbekkino” Milliy agentligi tomonidanYaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda29-31 mart kunlariYoshlar ijod saroyida Yaponiya kino kunlari o`tkaziladi. 29 mart kuni soat 18:00 daYoshlar ijod saroyining katta zalida tadbirning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.

Kino kunlarini rejissyor Xiroshi Sugavaraning “Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” nomli badiiy filmi ochib beradi.

Seanslar jadvali:

29 mart18:00 Ochilish marosimi

“Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” badiiy film

30 mart12:30 “Poppin-Kyu” animasion film100 daqiqa.

15:00 “Devochki-Kalligraf” 120 daqiqa.

17:30 “Tebe ot menya” 128 daqiqa.

31 mart12:30 “Lovs zabtx golosov” animasion film 116 daqiqa.

15:00 “Fotokonkurs Kosien: Leto v polsekund” 117 daqiqa.

17:30 “Elektrichka Xankyu: Chudo za pyatnadsat minut” 119 daq.

Filmlar yapon tilida bo`lib, rus tilidagi subtitrlarda namoyish etiladi.

Kirish barcha xohlovchilar uchun tekin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1