1

Taniqli san`atkorlar maktablarga kitoblar sovg`a qilishdi

Madaniyat 29.03.2019, 09:33
Taniqli san`atkorlar maktablarga kitoblar sovg`a qilishdi

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan taniqli san`atkorlar bilan birgalikda maktablarga kitoblar sovg`a qilindi.

“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan xayriya ishlariga munosib hissa qo`shish maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ayrim maktablarga kitoblar sovg`a qilindi. Jumladan, “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahorov boshchiligida O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raev, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ravshan Komilov, taniqli so`z ustasi Shukrullo Isroilov va xonanda Zohirshoh Jo`raev poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumanidagi 248-son maktabiga tashrif buyurishgan bo`lsalar, O`zbekiston xalq artistlari Ortiq Otajonov, Yulduz Usmonova, G`ulomjon Yoqubovlar Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi 6-sonli maktabga borishib, shaxsiy kutubxonalaridagi turli janrdagi adabiyotlardan maktab kutubxonasiga sovg`a qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1