AsosiyJamiyat

Kamonchimiz Yo`ldosh Hayitov Chimkentda bronza medalni qo`lga kiritdi

'Kamonchimiz Yo`ldosh Hayitov Chimkentda bronza medalni qo`lga kiritdi'ning rasmi

26-30-mart kunlari Qozog`istonning Chimkent shahrida kamondan o`q otish bo`yicha «Quralay» deb nomlangan I Xalqaro turnir bo`lib o`tdi.

Musobaqada Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qirg`iziston, Mo`g`uliston, Turkmaniston, Ukraina, Qozog`iston va O`zbekistondan jami 250 dan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ilk bor o`tkazilgan mazkur yirik turnirda yurtimiz sharafini ikki nafar kamonchi, Yo`ldosh Hayitov va Keldiyor Hasanov himoya qilishdi. Yakuniy natijalarga ko`ra, Yo`ldosh Hayitov Klassik kamon yo`nalishida bronza medalga sazovor bo`ldi.


    Boshqa yangiliklar