AsosiySport

Gimnastikachilarimiz jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishadi

'Gimnastikachilarimiz jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishadi'ning rasmi

Shu yil 5-7 aprel kunlari Italiyaning Pezaro shahrida badiiy gimnastika bo`yicha jahon kubogining birinchi bosqichi bo`lib o`tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo`mitasi rasmiy saytida xabar berilgan.

Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari qatori terma jamoamiz vakillari ham ushbu nufuzli turnirda ishtirok etishadi. Murabbiylarimiz Pezarodagi jahon kubogida qatnashish uchun quyidagi sportchilarimizni tanlab olishgan:

Nilufar Shomurodova
Dinara Ravshanbekova
Sofiyabonu Qosimova
Kamola Irnazarova
Kseniya Aleksandrova
Sevara Safoeva

Ekaterina Fetisova
Sabina Toshkenboeva

Ta`kidlash joiz, jahon kubogining barcha bosqichlari Tokio-2020 Olimpiadasiga lisenzion ochkolar berishi bilan ahamiyatli. Mavsumdagi ikkinchi bosqich Toshkentda bo`lib o`tadi. Undan keyingilariga esa Sofiya hamda Boku shaharlari mezbonlik qiladi.

    Boshqa yangiliklar