1

Qozon musulmonlar Xalqaro XV- kinofestivali “Imom Abu IsoMuhammad Termiziy” filmi bilan ochiladigan bo`ldi

Madaniyat 06.04.2019, 09:55
Qozon musulmonlar Xalqaro XV- kinofestivali “Imom Abu IsoMuhammad Termiziy” filmi bilan ochiladigan bo`ldi

Joriy yilning 21-25 aprel kunlari Tatariston respublikasida Qozon musulmonlar xalqaro XV-kinofestivali bo`lib o`tadi.“Imom Abu IsoMuhammad Termiziy” nomli badiiy film rejissyori Abduhalil Mignarov boshchiligidagi ijodiy guruhni festivalning ijrochi direktori Milyausha Aytuganova kinofestivalga taklif qildi va safar xarajatlarini ushbu kinofestival tomonidan qoplanishini ma`lum qildi.


Eslatib o`tamiz, mazkur kinofestival 2005 yildan buyon “Madaniyat muloqotidan- muloqot madaniyati sari” shiori ostida o`tkazilib kelinadi. Festival bag`rikenglik, tinchliksevarlik, matonat va insonparvarlik g`oyalarini filmlarda tarannum etishi bilan musulmon olamidagi kinoijodkorlar o`rtasida mashhurdir.

Ushbu filmning Toshketdagi prem`erasi esa 20 aprelga mo`ljallangan. Film ijodkorlari o`z ijod mahsullarini o`zbek kinomuxlislariga Ramazon tuhfasi sifatida taqdim etishni maqsad qilishgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1