“Ice Sity” ko`ngilochar sport majmuida poytaxtning “Xumo” hamda “Semurg`” jamoalari final bahsiga chiqish uchun muz ustiga tushdilar. Tengma teng kurashlar ostida o`tgan o`yinda “Semurg`” jamoasi raqibiga nisbatan omadliroq bo`ldi. “Xumo”-“Semurg`” 1-4. Bu haqda O`zA xabar berdi.
O`zbekiston chempioni degan sharafli nomga ega bo`lish uchun “Binokor” hamda “Semurg`” jamoalari bahsga kirishadi. Eslatib o`tamiz, pley-off bosqichida g`olib bo`lish uchun 3 marotaba raqibidan ustun kelishi kerak bo`ladi.