1

G`iyosjon Boboev bugun Antalya Gran-prisida ishtirok etadi

Sport 06.04.2019, 15:06
G`iyosjon Boboev bugun Antalya Gran-prisida ishtirok etadi

Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo`yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqada bugun ikkinchi kun bellashuvlari bo`lib o`tadi. Ushbu kun doirasida o`rta vazn toifasidagi sportchilar g`oliblik uchun bahs olib borishadi.

Terma jamoamizdan -73 kg vaznda kurashadigan G`iyosjon Boboev ushbu kun dasturida o`z omadini sinab ko`radi. Vakilimizning birinchi bosqichdagi raqibi moldovalik Yan Naku bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, kecha o`tkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Kerman Nurillaev (-60 kg) terma jamoamiz hisobiga kumush medalini olib kelgan edi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1