1

Yosh aktyorlar o`zbek tilidagi “Hamlet”ni Londonda ijro etadilar

Madaniyat 14.04.2019, 16:10
Yosh aktyorlar o`zbek tilidagi “Hamlet”ni Londonda ijro etadilar

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti talabalari, institut bitiruvchilari va o`qituvchilaridan iborat ijodiy guruh 13 aprel kuni Londonga gastrol safariga otlandi. O`zbek tilidagi Hamlet spektakli 15 aprel kuni Rouz Bruford kollejining sahnasida Xalqaro teatr simpoziumi doirasida taqdim etiladi. Shu kunning o`zida O`zbekistonning Britaniya elchixonasida ham katta tadbir doirasida “Hamlet” spektakli namoyish etiladi

Britaniya Kengashi, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti hamda Rouz Bruford kolleji hamkorligidagi loyiha doirasida o`zbekistonlik talabalar ishtirokida Buyuk Britaniyalik rejissyor Jon Taker rahbarligida akademik o`quv programmasi doirasida o`zbek tilida “Hamlet” spektaklini sahnalashtirdi.

Mazkur dastur San`at va madaniyat instituti va Rouz Bruford kolleji o`rtasidagi uch yillik hamkorlik natijasidir. Aktyorlarni tayyorlash, xususan, Shekspir matni bilan ishlashning xalqaro tajribasiga tayangan holda sahna mahorati va ovozni sozlash saboqlarini o`zida jamlagan integrallashgan yondashuv o`z samarasiini berdi. Sahnalashtirish jarayoni o`z ichiga barcha bosqichlarni – kasting, repetisiyalar, spektaklning premerasi va yurtimiz shaharlari bo`ylab turni o`z ichiga oldi. Mazkur muhim bosqichlar ayni yo`nalish bo`yicha o`quv dasturini modernizasiyalash jarayoni bilan uyg`unlashgan.

Dastlab O`zbekiston san`at va madaniyat institutida spektaklningmuvaffaqiyatli namoyishidan so`ng, O`zbekiston bo`ylab sayohat qildi. Mana endi talabalar, institut bitiruvchilari va o`qituvchilaridan tashkil topgan “Hamlet”ning ijodiy jamoasi jahon sahnasida – Britaniyada spektaklni namoyish etishga yo`l oldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1