AsosiySiyosat

O`zbek va koreys xalqlari do`stligi namoyon bo`ldi

'O`zbek va koreys xalqlari do`stligi namoyon bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san`at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.

Oliy martabali mehmon sharafiga tashkil etilgan ushbu konsertda yurtimiz san`atkorlari, koreys madaniyat markazi a`zolari va Janubiy Koreyadan kelgan ijodiy guruhlar qatnashdi.

Ma`lumki, yurtimizda ikki yuz mingga yaqin koreys millatiga mansub fuqarolar yashaydi. Ular mamlakatlarimiz va xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda katta rol o`ynamoqda.
Ertaga Toshkentda Koreys madaniyati va san`ati uyi ochiladi. U koreys xalqining madaniy merosini saqlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Konsertda o`zbek va koreys milliy kuy-qo`shiqlari ijro etildi. Ularda xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik, madaniy hamkorlik yana bir bor namoyon bo`ldi.

Prezidentlar konsert ishtirokchilari bilan esdalik uchun suratga tushdi.


    Boshqa yangiliklar