Disney va Pixar kinokompaniyalari “O`yinchoqlar tarixi 4”ning to`liq rasmiy treylerini e`lon qildi, deya xabar qildi YouTube.com nashri.
Multfilmning syujetiga ko`ra, Endi kollejga o`qishga kiradi, Bonni (o`yinchoqlarning yangi xo`jayini) esa ilk bor bog`chaga boradi. Aynan shu holat bir qator ajoyibu g`aroyib sarguzashtlarga sabab bo`ladi.
“O`yinchoqlar tarixi 4” yoz oylarida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.






