AsosiySiyosat

Prezident Xitoyga jo`nab ketdi

'Prezident Xitoyga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 aprel kuni amaliy tashrif bilan Pekinga jo`nab ketdi.

Davlatimiz rahbari u erda “Bir makon, bir yo`l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo`mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o`tkazadi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegasiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ham muzokaralar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar