AsosiySport

To`qqiz nafar bokschimiz yarim finalda

'To`qqiz nafar bokschimiz yarim finalda'ning rasmi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida boks bo`yicha kattalar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda.

Erkaklar va ayollar o`rtasida o`tayotgan mazkur chempionatda O`zbekiston terma jamoasi a`zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqaning chorak final natijalariga ko`ra, vakillarimizdan Nodir Mirzahmedov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shukurjon Rahimov, Bobo-Usmon Baturov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Yodgoroy Mirzaeva, Maftuna Melieva hamda Shahnoza Yunusova o`z vazn toifalarida yarim final bosqichiga yo`l olib, kamida o`zlari uchun bronza medalni naqd qilgan edi.

Bugun Osiyo chempionatining yarim final janglari bo`lib o`tadi. Unda bokschilarimizdan N.Mirzahmedov Mirlan Turkbai Uulu (Qirg`iziston), M.Mirzaxalilov Pedres Bautista (Filippin), S.Tursunov Hussayn Iashaish (Iordaniya), Sh.Rahimov Tsendbaatar Erdenebat (Mo`g`uliston), B.Baturov Ashish (Hindiston), B.Jalolov Muhammad Mulayes (Suriya), Sh.Yunusova Xong Gu (Xitoy), Yo.Mirzaeva Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi), M.Melieva esa Kaur Baat (Hindiston) bilan kuch sinashadi.

Eslatib o`tamiz, 26 aprel kuni musobaqaning so`nggi hal qiluvchi final janglari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar