1

IIV Akademiyasida «XXI asr ilm-fani: muammo va istiqbol» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi

Jamiyat 25.04.2019, 14:06
IIV Akademiyasida «XXI asr ilm-fani: muammo va istiqbol» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi PQ-3775-son qarori hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan vazifalar asosida ilmiy-tadqiqot va ijod bilan shug`ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, yosh olimlarning ilmiy ijodiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash hamda yutuqlarini targ`ib qilish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning barqaror rivojlanishiga erishish maqsadida 2019 yilning 25 aprel kuni IIV Akademiyasida «XXI asr ilm-fani: muammo va istiqbol» mavzuida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o`tkazildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Fanlar Akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi, Innovasion rivojlanish, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Adliya, Ichki ishlar vazirliklari, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti, Bosh prokuratura Akademiyasi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Bojxona instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Milliy gvardiya Harbiy texnik instituti, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Tadqiqot.uz xalqaro jurnallar portali xodimlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so`zga chiqqanlar XXI asr ilm-fan va innovasiya asri ekanligi, O`zbekiston ilm-fanini innovasion taraqqiyot talablari darajasida rivojlantirishdek o`ta dolzarb vazifa turganligi, ammo bu borada echimini kutayotgan vazifalar, xususan O`zbekiston ilm-fani imijini shakllantirish, fanni boshqarish, dissertasiyalar sifatini oshirish, tadqiqotchilarning ilmiy tafakkurini yuksaltirish, xorijiy tillarni, ilmiy tadqiqot o`tkazishning zamonaviy shakl va usullarini puxta o`zlashtirish, ilmiy polemika va ilmiy axloq qoidalariga rioya qilish, ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish bilan bog`liq muammolar yuzasidan o`z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, konferensiya ishtirokchilari tomonidan mamlakatimizda ta`lim sifatini oshirish hamda yosh olimlar va tadqiqotchilarning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash, ularning ilmiy ijodiy faoliyatini qo`llab-quvvatlash, asosiysi mamlakatimizda eng zamonaviy innovasion va texnologik g`oyalar bilan fikr almashadigan ilg`or hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi, bular yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Tadbir jarayonida qilingan ma`ruza va chiqishlar qatnashchilarda katta qiziqish uyg`otdi va qizg`in bahs-munozaralarga ulanib ketdi va uning yakunida mazkur sohani yanada takomillashtirish yuzasidan qator taklif va tavsiyalar shakllantirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1