1

Toshkentda ko`p qavatli uylarni sotish huquqiga ega bo`lmagan shaxslar uy uchun to`lovlarni olib, firibgarlik sodir etgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 28.04.2024, 15:46
Toshkentda ko`p qavatli uylarni sotish huquqiga ega bo`lmagan shaxslar uy uchun to`lovlarni olib, firibgarlik sodir etgani ma`lum bo`ldi

Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan ko`p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to`lovni amalga oshirganligi, biroq MChJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

O`tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977 yilda tug`ilgan Sharipov Obid Aripovich «MAX-HOUSE-GROUP» MChJni tashkil qilib, o`zining sheriklari 1982 yilda tug`ilgan Osimov Axtam Axmadovich va 1989 yilda tug`ilgan Samandarov Azizbek Alijonovichlar bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan.

Jumladan, O.Sharipov MChJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko`p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishligini ma`lum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to`lovlarni qabul qilib olgan. Vaholanki, ushbu ko`p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo`lmasdan, kadastr hujjatlari yo`q bo`lgan xonadonlarni fuqarolarga sotishligini bildirib, aldov yo`li bilan juda ko`p miqdordagi pullarni o`zlashtirib olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi («Firibgarlik») bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov jarayonida A.Sharipovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Gumonlanuvchilar A.Samandarov va A.Osimovlar tergovdan qochib yashiringanligi sababli, ular qidiruvga berilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki qidiruvdagi shaxslarning qaerda ekanligi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-42-28, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1