Yurtimizda ikkinchi jahon urushida matonat ko`rsatgan hamyurtlarimizga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi davom etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4298-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida yoshlarni milliy g`oya, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida Bojxona instituti kursantlari “Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat” shiori ostida Toshkent shahrining Xalqlar do`stligi majmuasi old maydonida milliy bayrog`imiz ramzi tushirilgan “Sharaf lentasi”ni yurtdoshlarimizga tarqatishdi.
Ko`ksida Vatan bayrog`i ramzi qadalgan har bir yurdoshimiz qalbida g`urur, ertangi kunga bo`lgan ishonchni his etgani shubhasiz.
Zero, bu kabi tadbirlar tinch va osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimizuchun shukrona keltirish, ajdodlarimiz xotirasini ehtirom ila yod etish hamda insonlarni ezgu maqsadlar sari chorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta`kidlash joizki, “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Bojxona instituti tomonidan 1941-1945 yillardagi ikkinchi jaxon urushi va front orti mehnat faxriylari holidan habar olish, yoshlar o`rtasida, ta`lim muassasalari va mahallalarda “E`tibor va g`amxo`rlik - insoniy burch” shiorlari ostida madaniy-ma`rifiy tadbirlar, targ`ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish ham ko`zda tutilgan.






