Turinning “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng qimmat avtomobilni sotib oldi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.
Bugatti La Voiture Noire avtomobili uchun Krish 11 million evro sarfladi. Ammo avtomobil o`z egasiga 2021 yildagina topshiriladi. Negaki avtomobil sozlash jarayonida.
“Qora mashina” 1500 ot kuchiga ega bo`lib, soatiga 420 kilometr tezlikda harakatlanishi mumkin.