“Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) fantastik filmi dunyo prokatida bir haftaning o`zida qariyb ikki milliard dollar mablag` yig`di, deb xabar berdi TASS nashri.
1,9 milliard dollar bilan yangi “Qasoskorlar” “Yulduzlar jangi: Kuch-qudratning uyg`onishi” sagasiga etib olgan.
Kartinada bosh rollarni kichik Robert Dauni, Kris Xemsvort, Bri Larson, Skarlett Yoxannson, Karen Gillan, Bredli Kuper va boshqalar ijro etgan. Syujetga ko`ra, tirik qolgan “Qasoskorlar” jamoasi a`zolari dunyoni vayron qiuvchi yovuz kuchga qarshi reja o`ylab topishlari kerak.