Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers” jamoasi darvozaboni Allan Makgregor match paytida “Xiberniana” jamoasining futbolchisini tepgani uchun maydondan chetlatildi, deb xabar bermoqda BBC Sport Scotland nashri.
Uchrashuvning 89-daqiqasida Makgregor to`pni o`zining jarima maydonchasidan olib chiqayotganda, sakrayotib oyog`i bilan “Xiberniana” o`yinchisi Mark Mak Naltiga zarba beradi. 37 yoshli darvozabon yiqilib, o`zini jarohat olganlikka soladi.
Shundan so`ng sudya unga qizil kartochka ko`rsatdi.
Ammo shunga qaramay, Makgegorning jamoasi 1:0 hisobida g`alaba qozondi.