AsosiySiyosat

​Bir yil Farg`ona viloyatida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish yili bo`ladi

'​Bir yil Farg`ona viloyatida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish yili bo`ladi'ning rasmi

Chop etish

Farg`ona shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar ishtirokida yig`ilish boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so`zining avvalida yig`ilganlarni, butun xalqimizni Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

2018 yili Farg`ona viloyatida sanoat 8 foiz, xizmat ko`rsatish 9 foiz, o`zlashtirilgan investisiyalar 1,5 barobar o`sgani qayd etildi. Lekin aholi jon boshiga to`g`ri keladigan yalpi hududiy mahsulot respublika ko`rsatkichidan ancha pastligi, Qo`shtepa, Furqat, Oltiariq, Farg`ona, Yozyovon tumanlarida sanoat rivojlanmagani ko`rsatib o`tildi.

Shu bois viloyatni 2019-2020 yillarda rivojlantirish bo`yicha umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard so`mlik 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investisiya dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya o`zlashtiriladi va 31 mingdan ziyod yangi ish o`rni yaratiladi.

Masalan, Beshariq tumanida «Farg`ona Yasin qurilish mollari» korxonasida 200 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, joriy yilda 800 ming tonna va keyingi yildan 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi. Qo`qon shahrida «Indorama» kompaniyasining 70 million dollar to`g`ridan-to`g`ri sarmoyasi hisobidan Qo`qon superfosfat zavodi modernizasiya qilinib, fosforli o`g`it ishlab chiqarish quvvatlari 100 ming tonnadan 375 ming tonnaga etkaziladi. Uchko`prik tumanidagi «Shaffof omadli sanoat» korxonasida jami 30 million dollar sarmoya hisobidan avtomobillar uchun yiliga 350 ming dona gaz ballonlari hamda 2020 yildan yuk ko`taruvchi elektr karalar, mini-traktorlar va qishloq xo`jaligi texnikasi uchun uskunalar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunday loyihalar ko`p.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga dasturdagi har bir loyihani amalga oshirish bo`yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlab, ijrosini ta`minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

- Farg`ona viloyati investisiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo`yicha bir yil favqulodda holatda ishlaydi. Kelgusi yil may oyigacha hokimliklar ham, tegishli vazirliklar ham hisobot beradi. Bir yil shu tizimda ishlasak, hammasi ayon bo`ladi, - dedi Shavkat Mirziyoev.


    Boshqa yangiliklar