Bugun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gruziyaning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida ma`lum qilingan.
Muloqot chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, xalqaro tashkilotlar doirasidagi O`zbekiston-Gruziya munosabatlarining holati va istiqbollari ko`rib chiqildi.Turli sohalarda o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan ikki tomonlama savdoni oshirish hamda etkazib beriladigan tovar va xizmatlar nomenklaturasini kengaytirish hisobidan aloqalarni mushtahkamlashga ikki tomon ham qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.