AsosiyDunyo

Texasdagi yong`in besh bolaning umriga zomin bo`ldi

Amerikaning Texas shtati janubida joylashgan Edna shahrida sodir bo`lgan yong`in natijasida besh nafar bola halok bo`ldi. Voqea joyida ro`y bergan yong`in paytida uyni butunlay olov qoplab olgan.

Yong`inni bartaraf etish chog`ida o`t o`chiruvchilar 5-15 yoshlardagi besh nafar bolaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda TASS.

Halok bo`lgan bolalar hamda yana bir nafar bola yaqin oradagi kasalxonaga etkazildi. Barcha bolalar bitta oilaning farzandlari ekanligi ma`lum bo`ldi. Yong`in sababi o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar