AsosiyJamiyat

O`zbekiston armiyasida birinchi rasionalizatorlik ishlari festivali o`tkaziladi

'O`zbekiston armiyasida birinchi rasionalizatorlik ishlari festivali o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligiqo`shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va rasionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida shu yilning 25-26 may kunlari “Hech bir ijobiy g`oya e`tibordan chetda qolmaydi”shiori ostida“TECHNO DISCOVERY-2019” festivali o`tkaziladi.

Toshkent harbiy okrugining “Chirchiq” umumqo`shin dala o`quv maydonidabo`lib o`tadigan ushbu festivalda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, boshqa vazirlik va idoralar xodimlariloyihalari bilan ishtirok etadi.

Festivalda harbiy-texnik sohaga oid ishlanmalardan tashqari hayotning barcha jabhalarida foydalanish uchun mo`ljallangan innovasion loyihalar qabul qilinadi.

Loyihalar 30 soniyali video lavha va foto materiallar tarzida, ishlanma va ishtirokchi haqidagi to`liq ma`lumotlar yozilgan holda (+998 93) 671-75-47 raqamning Telegram-mesenjeriga yuborilishi so`raladi.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 269-85-08, (71) 269-85-45.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


Boshqa yangiliklar