1

Bir haftada Ebola qurbonlari soni 600 nafarga etdi

Salomatlik 27.11.2014, 09:33
Bir haftada Ebola qurbonlari soni 600 nafarga etdi

Ebola virusi oqibatida halok bo`layotganlar soni ortib bormoqda. Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan joriy yilda halok bo`lganlar soni 5689 kishi ekanligini tasdiqladi.

2014 yilning 23 noyabr holatiga virus bilan 15935 kishi zararlangan, deya xabar bermoqda TASS.

Qurbonlar va zararlanganlar eng ko`p Liberiyada qayd etilgan. 3016 kishi halok bo`lgan bo`lsa, 7168 kishi zararlangan. Liberiyadan keyingi o`rinlarda Serra-Leone va Gvineya turibdi.

Serra-Leoneda 1398 kishi xavfli virus sabab hayotdan ko`z yumgan, yana 6599 kishi zararlangan. Gveniyada esa bu ko`rsatkich, 1260ga 2134ni tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1